Brand
  • ImgFilologiya va pedagogika fanlar

Filologiya va tillarni o’qitish (Koreys tili)

O’qish davri: 4 yil

Talab etiladigan kreditlar soni: 240

Ishga joylashish imkoniyatlari: maktab va universitetlarda koreys tili o’qituvchisi; OAV sohasida mutaxassis; muharrir; tarjimon; Koreya yoki O’zbekistondagi koreys kompaniyalarida turli xil ofislarda ishchi.

Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kunduzgi – 14 000 000 so'm (1 yil uchun)

Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kechki – 13 000 000 so'm (1 yil uchun)

Kirish imtihonlari: ingliz tili va mantiq fanidan test. Agar abituriyent tomonidan IELTS (kamida 5 ball) yoki Respublikada boshqa tan olingan ingliz tilini bilish bo’yicha sertifikatlar taqdim etilsa, u holda abituriyentlar xorijiy tilni bilish testidan ozod etiladilar.

Ta’lim yo’nalishi tavsifi:

Ushbu dastur doirasida talabalar koreys tilini kommunikativ kompetensiyalar (lingvistik, pragmatik, sotsiolingvistik va strategik) hamda pedagogik ko’nikmalar nuqtai nazaridan o’rganadilar. Bundan tashqari talabalar koreys tilida tanqidiy fikr yuritish, koreys badiiy matnlarini tahlil qilishni ham o’rganadilar. Bunda ular diskurs tahlil, matnni tanqidiy tahlil qilish metodlarini o’zlashtiradilar. Ushbu dastur doirasida talabalar ikkinchi til sifatida ingliz tilini o’rganadilar. Ushbu ikkinchi til ko’nikmalari tabalabalarga kelajakda nafaqat Koreya, balki inglizzabon mamlakatlarida ham ish topish imkoniyatini yaratadi.