O’qish davri: 2 yil
Talab etiladigan kreditlar soni: 120
Ishga joylashish imkoniyatlari: raqamli texnologiyalar bo’yicha chuqur bilimga ega iqtisodchi; davlat va nodavlat idoralarida, banklar va moliyaviy institutlarda rahbarlik lavozimlarida ishlash imkoniyatlari; soha bo’yicha xorijda va O’zbekistonda ishlash imkoniyatlari. Bundan tashqari ushbu yo’nalishni bitiruvchisi oliy ta’limda o’qituvchi va sohasi bo’yicha olim sifatida faoliyat olib borishi mumkin.
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kunduzgi – 17 000 000 so'm (1 yil uchun)
Kirish imtihonlari: o’z yo’nalishi bo’yicha yozma imtihon
Ta’lim yo’nalishi tavsifi:
Ushbu dastur raqamli iqtisodiyot bakalavr ta’lim yo’nalishini davomi hisoblanib, unda talabalar iqtisodiyotni quyida keltirilgan ilmiy tushunchalar nuqtai nazaridan ko’rib chiqishadi. Internet (online) savdo, raqamli texnologiyalar yordamida tovar va xizmatlar ishlab chiqarish, ularni iste’mol qilish va hokazo. Shuningdek, talabalar zamonaviy raqamli iqtisodiyot tushuncha va nazariyalarni o’rganadilar va bu ularga kelajakda texnologik nuqtai nazardan rivojlangan moliyaviy tashkilotlarda muvaffaqiyatli ishlab ketishlariga asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari talabalar asosiy til sifatida ingliz tilini hamda qo’shimcha til sifatida yapon, xitoy yoki koreys tillaridan birini o’rganadilar.