O’qish davri: 4 yil
Talab etiladigan kreditlar soni: 240
Ishga joylashish imkoniyatlari: soliq sohasidagi mutaxassis, moliyachi; davlat va nodavlat idoralarida moliyachi, davlat soliq qo’mitasi va uning viloyat bolinmalarida soliqchi, turli xil moliyaviy tashkilotlarda xodim; soha bo’yicha xorijda va O’zbekistonda ishlash imkoniyatlari.
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kunduzgi – 15 000 000 so'm (1 yil uchun)
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kechki – 11 000 000 so'm (1 yil uchun)
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: sirtqi – 11 000 000 so'm (1 yil uchun)
Kirish imtihonlari: matematika va mantiq fanidan test.
Ta’lim yo’nalishi tavsifi:
Ushbu dastur doirasida talabalar moliya / soliq va soliqqa tortish asoslarini empirik keyslarni ko’rib chiqqan holda o’rganadilar. Bunda asosiy e’tibor quyidagi mavzularga qaratiladi: moliya va pul munosabatlarini boshqarish, soliq va soliqqa tortish, soliq sohasidagi qonun va qoidalar, soliq sohasidagi jahon tajribalari va hokazo. Bundan tashqari talabalar ingliz tilini asosiy til sifatida o’rganadilar. Qo’shimcha til sifatida talabalar yapon, xitoy yoki koreys tillaridan birini o’rganadilar.