Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti

Img

3 gektar

Umumiy maydon

Img

9280

Umumiy bino maydoni

Img

10 dona

Ma’ruza zallari

Img

52 dona

Seminar xonalari

Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universitetining saytida sizni ko’rib turganimizdan mamnunmiz!

Universitetimiz 2023 yil 5-iyunda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Joriy yilning sentyabr oyidan universitetimiz eshiklari talabalar uchun ochiladi. Biz va bizning professor-o’qituvchilarimiz universitetimizda O’zbekiston rivoji uchun katta hissa qo’sha oladigan iste’dodli yoshlar o’qishiga ishonch bildiradi.

Universitetimiz ijtimoiy fanlarni o’qitishga ixtisoslashgan bo’lib, unda 19 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va 2 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha o’quv jarayonlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Bular:

Bakalavriat:

  • Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz, koreys, yapon, xitoy)
  • Boshlang’ich ta’lim
  • O’zbek tili va adabiyoti
  • Iqtisodiyot
  • Buxgalteriya va audit
  • Bank ishi va audit
  • Moliya va moliyaviy texnologiyalar
  • Soliq va soliqqa tortish
  • Huquqshunoshlik (biznes huquqi)
  • Axborot texnologiyalari (dasturiy injiniring)
  • Axborot xavfsizligi
  • Sun’iy intellekt
  • Siyosatshunoslik
  • Xalqaro jurnalistika
  • Turizm va mehmondo’stlik

Magistratura:

  • Raqamli iqtisodiyot
  • Lingvistika (ingliz tili)

Shuni e’tirof etish joizki, Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti yuqori malakali professor-o’qituvchilar jamoasidan tarkib topgan. Ushbu professor-o’qituvchilar orasida bir qator fan doktorlari bo’lib, ular asosan O’zbekiston, AQSh, Hindiston va Rossiya mamlakatlaridan jalb etilgan.

Universitetimizda o’quv jarayonlari “markazda talaba” (student-centered education) tamoyili asosida tashkil etilishi ko’zda tutilgan bo’lib, bunda talabaning mustaqil ta’lim olishiga ko’proq soatlar ajratiladi, o’tiladigan mavzular zamonaviy pedagogik texnologiyalarni (cooperative, inquiry-based, and problem-based learning) qo’llagan holda o’zlashtiriladi. Bularning barchasi talabalar sifatli bilim olishlari, o’zlarining nazariy va amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish hamda kreativ va tanqidiy fikr yuritishlari uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Shularni inobatga olgan holda universitetimizning ta’lim falsafasi “talaba mustaqil ta’lim olishi uchun harakat qilamiz” tamoyiliga asoslanadi. Ushbu ta’lim falsafasini amalga oshirish uchun universitetimizda AQShning Michigan davlat universiteti mutaxassislari hamkorligida yaratilgan DiGi IUSI elektron mustaqil ta’lim olish platformasidan keng foydalaniladi. Bunda barcha ta’lim jarayonlari elektronlashtirilgan bo’lib, farzandingiz ushbu yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda bilim oladi.

Ijtimoiy muammolarga nazariy va amaliy yechim topa oladigan kadr bo’lib yetishishda zamin yaratamiz.

Barchnagizni Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universitetida kutamiz.

Universitetimiz, talabalarni qabuli va ularning o’qishlari to’g’risidagi ma’lumotni siz qo’shimcha tarzda bizning Facebook, Instagram, Telegram va Linkedin ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy kanallarimiz orqali topa olish imkoniyatiga egasiz.

Biz bilan saytimizdagi elektron arizani to’ldirish yoki quyidagi telefon raqamlari orqali bog’lanishingiz mumkin.