O’qish davri: 4 yil
Talab etiladigan kreditlar soni: 240
Ishga joylashish imkoniyatlari: yurist/advokat; turli xil biznes idoralar; davlat va nodavlat tashkilotlari, parlament; soha bo’yicha xorijda va O’zbekistonda ishlash imkoniyatlari.
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kunduzgi – 23 000 000 so'm (1 yil uchun)
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kechki – 18 000 000 so'm (1 yil uchun)
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: sirtqi – 18 000 000 so'm (1 yil uchun)
Kirish imtihonlari: tarix va mantiq fanidan test.
Ta’lim yo’nalishi tavsifi:
Ushbu dastur doirasida talabalar biznes huquqi va uning amaliyotda qo’llanilish asoslarini o’rganadilar. Shu nuqtai nazardan asosiy e’tibor quyidagi tushunchalarga qaratiladi: shartnoma, mehnat, mol-mulk huquqlari, korporativ boshqaruv va xalqaro shartnomalardagi qonunlar va ularning qo’llanilishi. Ushbu tushunchalarni talabalar majburiyat, etika, nizolarni korib chiqish doirasida tadqiq etadilar. Bundan tashqari talabalar asosiy til sifatida ingliz tilini hamda qo’shimcha til sifatida yapon, xitoy yoki koreys tillaridan birini o’rganadilar.