O’qish davri: 4 yil
Talab etiladigan kreditlar soni: 240
Ishga joylashish imkoniyatlari: bank xodimi-moliyachi; davlat va nodavlat idoralarida, O’zbekiston yoki xorijdagi banklarda, moliyaviy tashkilotlarda xodim.
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kunduzgi – 15 000 000 so'm (1 yil uchun)
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kechki – 11 000 000 so'm (1 yil uchun)
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: sirtqi – 11 000 000 so'm (1 yil uchun)
Kirish imtihonlari: matematika va mantiq fanidan test.
Ta’lim yo’nalishi tavsifi:
Ushbu dastur doirasida talabalar bank ishi asoslarini empirik keyslarni ko’rib chiqgan holda o’rganadilar. Bunda asosiy e’tibor quyidagi mavzularga beriladi: kapital va jamg’armalar bilan ishlash, kreditlash, investitsiya qilish va uni boshqarish hamda to’lov tizimlari va hokazo. Shu nuqtai nazardan talabalar O’zbekistonda va xorijiy mamlakatlarda banklar faoliyatini amalga osirishlari, hozirgi kunda mamlakatimizda yangi institut hisoblangan islom banklarinig faoliyati hamda ularning an'anaviy banklardan farqi, lizing, overdraft va boshqa bank operatsiyalari haqidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar. Bundan tashqari talabalar ingliz tilini asosiy til sifatida o’rganadilar. Qo’shimcha til sifatida talabalar yapon, xitoy yoki koreys tillaridan birini o’rganadilar.