O’qish davri: 4 yil
Talab etiladigan kreditlar soni: 240
Ishga joylashish imkoniyatlari: dasturchi; davlat va nodavlat idoralar, banklar, moliyaviy tashkilotlarning IT bo’linmalarida dasturchi-mutaxassis; xususiy bisnezda IT-tadbirkor; soha bo’yicha xorijda va O’zbekistonda ishlash imkoniyatlari.
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kunduzgi – 15 000 000 so'm (1 yil uchun)
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kechki – 11 000 000 so'm (1 yil uchun)
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: sirtqi – 11 000 000 so'm (1 yil uchun)
Kirish imtihonlari: matematika va mantiq fanidan test
Ta’lim yo’nalishi tavsifi:
Axborot texnologiyalar davrida komp’yuterlar insonlar hayotida tobora muhim o’rin tuta boshlamoqda. Ushbu dastur doirasida talabalar dasturlash tilini, dasturlarni va ilovalarni ishlab chiqishni va ularni sinovdan o’tkazishni o’rganaladilar. Natijada ushbu dasturiy mahsulotlar insonlar hayotini yengillashtirishga, ijtimoiy muammolarga innovatsion yechim topishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan dasturchi hozirda juda ham yuqori talabda bo’lgan kasblardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari talabalar asosiy til sifatida ingliz tilini hamda qo’shimcha til sifatida yapon, xitoy yoki koreys tillaridan birini o’rganadilar.