O’qish davri: 4 yil
Talab etiladigan kreditlar soni: 240
Ishga joylashish imkoniyatlari: maktablarda boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi; Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida va uning bo’linmalarida mas’ul hodim.
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kunduzgi – 14 000 000 so'm (1 yil uchun)
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kechki – 13 000 000 so'm (1 yil uchun)
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: sirtqi (yo’nalish bo’yicha kamida 5 yil stajga ega bo’lgan taqdirda) – 11 000 000 so'm (1 yil uchun)
Kirish imtihonlari: o’zbek tili va mantiq fanidan test. Agar abituriyent tomonidan Respublikada tan olingan o’zbek tilini bilish bo’yicha sertifikat taqdim etilsa, u holda abituriyentlar til bilish testidan ozod etiladilar.
Ta’lim yo’nalishi tavsifi:
Boshlang’ich ta’lim bolaning kelajakda muvaffaqiyatga erishishi uchun muhim tayanch omili bo'lib hisoblanadi. Ushbu ulkan, savobli maqsadga erishish uchun universitetimiz jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan dastur doirasida talabalar malakali pedagog bo’lib etishishlari uchun ham nazariy, ham amaliy fanlarni o’zlashtiradilar. Ushbu maqsadda ular hafta davomida 4 kun universitetda nazariy bilimlarni o’zlashtiradilar, 2 kun amaliyotlarini esa Toshkent shahridagi maktablardan birida o'taydilar. Universitetdagi ta’lim jarayonlari “markazda talaba” tamoyili asosida tashkil etiladi va ushbu tamoyil asosida o’zlashtiriladigan fanlarga o’qish, yo’zish, xorijiy til, matematika kabi fanlar kiradi. Tanlov asosida talabalar ingliz, yapon, xitoy yoki koreys tillarini o’zlashtirishlari mumkin. Ushbu til ko’nikmasi talabalarga xorijda ish topish imkoniyatlarini yaratadi.