Brand
  • ImgFilologiya va pedagogika fanlar

Filologiya (ingliz tili)

O’qish davri: 4 yil

Talab etiladigan kreditlar soni: 240

Ishga joylashish imkoniyatlari: maktab va universitetlarda ingliz tili o’qituvchisi; OAV sohasida mutaxassis; muharrir; tarjimon; inglizzabon mamlakatlarda turli xil ofislarda ishchi.

Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kunduzgi – 14 000 000 so'm (1 yil uchun)

Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kechki – 13 000 000 so'm (1 yil uchun)

Kirish imtihonlari: ingliz tili va mantiq fanidan test. Agar abituriyent tomonidan IELTS (kamida 5 ball) yoki Respublikada boshqa tan olingan ingliz tilini bilish bo’yicha sertifikatlar taqdim etilsa, u holda abituriyentlar xorijiy tilni bilish testidan ozod etiladilar.

Ta’lim yo’nalishi tavsifi:

Ushbu dastur doirasida talabalar ingliz tilini kommunikativ kompetensiyalar (lingvistik, pragmatik, sotsiolingvistik va strategik) hamda pedagogik ko’nikmalar nuqtai nazaridan o’rganadilar. Bundan tashqari talabalar ingliz tilida tanqidiy fikr yuritish, Angliya va AQSh badiiy matnlarini tahlil qilishni ham o’rganadilar. Bunda ular diskurs tahlil, matnni tanqidiy tahlil qilish metodlarini o’zlashtiradilar. Ushbu dastur doirasida talabalar ikkinchi til sifatida (tanlov asosida) yapon, xitoy yoki koreys tillaridan birini ham o’rganadilar. Ushbu ikkinchi til ko’nikmalari tabalabalarga kelajakda nafaqat Evropa, balki sharq mamlakatlarida ham ish topish imkoniyatini yaratadi.