Brand
  • ImgFilologiya va pedagogika fanlar

Filologiya (xitoy tili)

O’qish davri: 4 yil

Talab etiladigan kreditlar soni: 240

Ishga joylashish imkoniyatlari: maktab va universitetlarda xitoy tili o’qituvchisi; OAV sohasida mutaxassis; muharrir; tarjimon; Xitoy yoki O’zbekistondagi xitoy kompaniyalarida turli xil ofislarda ishchi.

Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kunduzgi – 14 000 000 so'm (1 yil uchun)

Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kechki – 13 000 000 so'm (1 yil uchun)

Kirish imtihonlari: ingliz tili va mantiq fanidan test. Agar abituriyent tomonidan IELTS (kamida 5 ball) yoki Respublikada boshqa tan olingan ingliz tilini bilish bo’yicha sertifikatlar taqdim etilsa, u holda abituriyentlar xorijiy tilni bilish testidan ozod etiladilar.

Ta’lim yo’nalishi tavsifi:

Ushbu dastur doirasida talabalar xitoy tilini kommunikativ kompetensiyalar (lingvistik, pragmatik, sotsiolingvistik va strategik) hamda pedagogik ko’nikmalar nuqtai nazaridan o’rganadilar. Bundan tashqari talabalar xitoy tilida tanqidiy fikr yuritish, xitoy badiiy matnlarini tahlil qilishni ham o’rganadilar. Bunda ular diskurs tahlil, matnni tanqidiy tahlil qilish metodlarini o’zlashtiradilar. Ushbu dastur doirasida talabalar ikkinchi til sifatida ingliz tilini o’rganadilar. Ushbu ikkinchi til ko’nikmalari tabalabalarga kelajakda nafaqat Xitoy, balki inglizzabon mamlakatlarida ham ish topish imkoniyatini yaratadi.