O’qish davri: 4 yil
Talab etiladigan kreditlar soni: 240
Ishga joylashish imkoniyatlari: maktablarda o’zbek tili o’qituvchisi; OAV sohasida mutaxassis; muharrir; tarjimon; davlat va nodavlat tashkilotlarida ishchi; xorijdagi o’zbek tili mataxassisligi o’qitiladigan univeristetlarda o’qituvchi.
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kunduzgi – 14 000 000 so'm (1 yil uchun)
Ta’lim shakli va to’lov kontrakt qiymati: kechki – 13 000 000 so'm (1 yil uchun)
Kirish imtihonlari: o’zbek tili va mantiq fanidan test. Agar abituriyent tomonidan Respublikada tan olingan o’zbek tilini bilish bo’yicha sertifikat taqdim etilsa, u holda abituriyentlar til bilish testidan ozod etiladilar.
Ta’lim yo’nalishi tavsifi:
O’zbek tili o’zbek millatining boy madaniy merosi hisoblanib, ularning ma'naviy, madaniy va tarixiy jihatlarini o’zida aks etadi. O’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishida talabalar ushbu sohani nazariy va amaliy hamda pedagogik yondashuvlar nuqtai nazaridan chuqur o’rganadilar. Ta’lim jarayonini samarali tashkil etish maqsadida talabalar hafta davomida 4 kun universitetda nazariy bilimlarni o’zlashtiradilar, 2 kun amaliyotlarini esa Toshkent shahridagi maktablardan birida o'taydilar. Universitetdagi ta’lim jarayonlari “markazda talaba” tamoyili asosida tashkil etiladi va ushbu tamoyil asosida o’zlashtiriladigan fanlarga asosan o’zbek tili va adabiyoti kabi fanlar kiradi. Tanlov asosida talabalar ingliz, yapon, xitoy yoki koreys tillarini ham o’zlashtirishlari mumkin. Ushbu til ko’nikmasi talabalarga xorijda ish topish imkoniyatlarini yaratadi.